Sayqal Maktabi – Maxfiylik siyosati
Oxirgi yangilanish: 07-noyabr, 2025-yil
Sayqal Maktabi ilovasidan foydalanish orqali siz ushbu Maxfiylik siyosatiga rozilik bildirasiz.
1. Qanday ma’lumotlar to‘planadi?
Sizdan so‘raladigan ma’lumotlar
- Ism va familiya
- Elektron pochta manzili
- Telefon raqami
- Yashash joyi (viloyat, shahar)
- Hisob paroli va boshqa profil ma’lumotlari
Avtomatik to‘planadigan ma’lumotlar
- IP-manzil
- Qurilma turi, operatsion tizim, brauzer versiyasi
- Ilovada o‘tkazgan vaqtingiz va sahifalarga kirish tarixi
2. Ilova ichidagi xaridlar
- Xaridlar ilova ichidan veb-saytga yoki bank-ilovasiga yo‘naltirish orqali amalga oshiriladi.
- Foydalanuvchi karta ma’lumotlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri veb-saytga kiritadi.
- Ilova ham, server ham karta ma’lumotlarini saqlamaydi.
- Xarid muvaffaqiyatli bo‘lgach, hisobingizga mablag‘ qo‘shiladi va xarid tarixi saqlanadi.
3. Ma’lumotlaringiz qanday ishlatiladi?
- Ilovani sifatli ishlashini ta’minlash
- Hisobingizni boshqarish va xavfsizligini oshirish
- Xaridlar, yuklamalar va kvitansalarni saqlash
- Yangi kurslar, aksiyalar haqida xabar berish (faqat roziligingiz bilan)
- Ilova sifatini yaxshilash uchun tahlil qilish
4. Ma’lumotlar kimga uzatiladi?
Faqat quyidagi hollarda:
- Server, bulut va tahlil xizmati provayderlari
- Biznes sotib olinganda yoki qo‘shib olinganda
- Hamkor tashkilotlar (faqat shartnoma asosida)
- Sizning yozma roziligingiz bilan
- Qonun talabi bo‘lganda
5. Ma’lumotlar qancha saqlanadi va qanday himoyalanadi?
- Kerak bo‘lmagan ma’lumotlar o‘chiriladi.
- Qonuniy talablar yoki nizolar uchun uzoqroq saqlanishi mumkin.
- Barcha ma’lumotlar SSL-shifrlash bilan uzatiladi.
- 100 % xavfsizlikni hech kim kafolatlay olmaydi, lekin biz eng zamonaviy himoya vositalarini qo‘llaymiz.
6. Bolalar maxfiyligi
Ilova 13 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun mo‘ljallanmagan. Ota-onasiz rozilik bo‘lmagan taqdirda ularning ma’lumotlarini to‘plamaymiz.
7. Uchinchi tomon saytlari
Ilovadagi havolalar orqali boshqa saytlarga o‘tsangiz, ularning maxfiylik siyosati bizga bog‘liq emas.
8. Siyosat o‘zgarishi
Har qanday o‘zgartirish ilova ichida e’lon qilinadi. “Oxirgi yangilanish” sanasi yangilanadi — shu sanadan boshlab yangi qoidalar kuchga kiradi.
9. Biz bilan bog‘laning
Savol yoki shikoyatingiz bo‘lsa: jamshidsayriddinov17@gmail.com
Comments
Post a Comment